Telegramda onlayn do‘kon

Instagram va Telegramdagi mahsulot sotuvchilar uchun. Mijoz narxini so‘rab yozib o‘tirmaydi: katalogdan tanlaydi va o‘zi buyurtma beradi.

Olgo do‘koni: Moda, turkumlar, rasmlar va narxlar bilan katalog
Tovar sahifasi: rasmlar, rang va o‘lcham, narx
Do‘kon ochish

Birinchi do‘kon bepul. Tariflarni ko‘rish

Do‘kon uch qadamda ochiladi

  1. Botga /start yuboring

    Ro‘yxatdan o‘tish shart emas: Telegram akkauntingizning o‘zi yetarli.

  2. Do‘kon nomini yozing

    Bot do‘koningiz havolasini taklif qiladi, masalan olgo.uz/bolajon. Tasdiqlaysiz, do‘kon tayyor.

  3. Mahsulot qo‘shing va havolani ulashing

    Mahsulotni panelning o‘zida suratga oling, narxini yozing va havolani Instagram profilingizga yoki Telegram kanalingizga joylang.

Sotuvchi paneli: rasmi, narxi va qoldig‘i bilan tovarlar

Buyurtmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Telegramga keladi

Har bir buyurtma alohida xabar bo‘lib tushadi. Qabul qilish va kuryerga berish xabarning o‘zida, panelga kirish shart emas.

  • Mijoz avtomatik xabar oladiBuyurtma qabul qilinganda, yo‘lga chiqqanda va yetkazilganda.
  • Butun jamoa bitta guruhdaGuruhga /link yuboring, yangi buyurtmalarni hamma ko‘radi.
  • Kartaga o‘tkazma chekiMijoz chek rasmini yuboradi, siz tekshirib tasdiqlaysiz.
Olgo
bot
🟡 Buyurtma A1042-7K9XP · KutilmoqdaModaTovarlar1 × Oversize svitshot (Kulrang / L): 195 0001 × Midi yubka (Katakli / M): 180 000Yetkazib berish: 20 000Jami: 395 000 so‘mMijoz: Dilnoza, +998 90 *** ** 67Manzil: Chilonzor tumani, 7-kvartalTo‘lov: Payme · to‘langan14:32

O‘zbekistondagi savdoga moslangan

Kichik do‘konga birinchi kundanoq kerak bo‘ladigan imkoniyatlar.

Buyurtma bir sahifada beriladi

Qayta kelgan mijoz ismi, telefon raqami va manzilini boshqatdan yozmaydi. U belgilagan joyni xaritada ochasiz.

Rasmiylashtirish: manzil, yetkazib berish va to‘lov bir sahifada

Buyurtmalar doim telefoningizda

Panelda barmoq bilan surasiz: o‘ngga sursangiz keyingi bosqich, chapga sursangiz bekor qilinadi.

Sotuvchi paneli: buyurtmalar ro‘yxati holatlari bilan

Yetkazib berish

1 kunToshkent bo‘ylab taksi yoki kuryer bilan
3-4 kunViloyatlarga BTS yoki UzPost orqali

Rang va o‘lcham

Rang, o‘lcham yoki xotira hajmi kabi variantlar. Har bir variantning o‘z narxi va qoldig‘i bor.

O‘zbek va rus tillarida

Mijoz tilni o‘zi tanlaydi.

O‘z botingiz va rangingiz

@BotFather’da yaratgan botingizni ulaysiz, do‘konga logotip va o‘z rangingizni berasiz.

  • Ommaviy xabarlarBotni ishga tushirgan barcha mijozlarga yangi mahsulotni yuboring, ular uni o‘sha zahoti sotib olishi mumkin.
  • Kanal postidan xaridKanal postini botga yo‘naltiring, bot uni “Sotib olish” tugmasi bilan qaytaradi.
  • Chegirma, banner va belgilarEski narxni ustidan chizib ko‘rsating, mahsulotga “Yangi” yoki “Top” belgisini qo‘ying.
  • Savdo hisobotiBugun, 7 kun, 30 kun va butun davr uchun buyurtmalar va tushum.
  • Har bir mahsulotga havolaStories, reklama yoki Direct uchun havolani nusxalang, mijoz to‘g‘ri o‘sha mahsulotga tushadi.
  • Qoldiq avtomatik hisoblanadiMahsulot tugasa, do‘konda “tugadi” deb ko‘rinadi va undan ortiq sotib bo‘lmaydi.

To‘lov, ombor va yetkazib berish

Hozir foydalanayotgan xizmatlaringizni ulang.

To‘lovlar

PaymeMijoz Payme orqali to‘laydi
ClickMijoz Click orqali to‘laydi
Naqd pulYetkazilganda kuryerga naqd to‘lanadi
Kartaga o‘tkazmaChekni siz tasdiqlaysiz

Ombor

MoySkladMahsulot, narx va qoldiqlar keladi
BillzBuyurtma qoldiqni band qiladi
PaynetTez orada

Yetkazib berish

Yandex GoMijoz manzili bir bosishda
BTSViloyatlarga, 3-4 ish kuni
UzPostViloyatlarga, 3-4 ish kuni

Marketing

Meta PixelReklama natijasi har sahifada o‘lchanadi
Google AnalyticsMijozlar qayerdan kelayotganini ko‘rsatadi

Tariflar

Bepul boshlang, savdo o‘sgach kattaroq tarifga o‘tasiz.

Bepul

0so‘m, muddatsiz

Endi boshlayotganlar uchun.

  • 30 tagacha mahsulot
  • Oyiga 50 ta buyurtma
  • Payme, Click, naqd pul va kartaga o‘tkazma
  • MoySklad yoki Billz’ni ulash
  • Do‘konda “Olgo bilan yaratilgan” yozuvi bo‘ladi
Do‘kon ochish

Standart

O‘sayotgan do‘konlar uchun
69 000so‘m / oy

Yillik to‘lovda 399 000 so‘m, ya’ni oyiga 33 250 so‘m

O‘z boti va aksiyalari bor do‘konlar uchun.

  • Bepul tarifdagi barcha imkoniyatlar
  • O‘z botingiz, o‘z nomingiz bilan
  • 150 tagacha mahsulot
  • Oyiga 1 000 ta buyurtma
  • Banner, chegirma va belgilar
  • “Olgo bilan yaratilgan” yozuvsiz
Tarifga o‘tish

Pro

179 000so‘m / oy

Katta katalogli va mijozi ko‘p do‘konlar uchun: mahsulot va buyurtmalar soni cheklanmaydi.

  • Standart tarifdagi barcha imkoniyatlar
  • Cheksiz mahsulot
  • Cheksiz buyurtma
  • AI yordamchi: oyiga 1 000 ta javob (tez orada)
Tarifga o‘tish

Har qanday tarifga qo‘shimcha AI javoblar: 500 tasi 29 000 so‘m, 2 000 tasi 99 000 so‘m. Oldindan to‘lanadi, muddati tugamaydi. Payme va Click o‘z komissiyasini siz ular bilan tuzgan shartnomaga ko‘ra oladi.

Ko‘p beriladigan savollar

Savolingizga javob topmasangiz, bizga Telegramda yozing.

Olgo qancha turadi?

Bepul tarifda 30 tagacha mahsulot va oyiga 50 tagacha buyurtma uchun hech narsa to‘lamaysiz. Standart oyiga 69 000 so‘m (yillik to‘lovda 399 000 so‘m), Pro oyiga 179 000 so‘m. Payme va Click o‘z komissiyasini alohida oladi.

Mijozlarim ilova o‘rnatishi kerakmi?

Yo‘q. Do‘kon mijozning Telegrami ichida ochiladi. Instagram yoki boshqa havola orqali kirsa, oddiy veb-sahifa bo‘lib ochiladi.

Instagram orqali sotsam bo‘ladimi?

Ha. Havolani profilingizga yoki Stories’ga qo‘ying. Telegrami yo‘q mijoz ham brauzer orqali buyurtma beradi.

Pulni qanday olaman?

Onlayn to‘lovlar Payme yoki Click’dagi hisobingizga tushadi. Naqd pulni kuryeringiz oladi, o‘tkazmalar esa siz ko‘rsatgan kartaga keladi.

Restoran yoki kafe uchun ham bormi?

Ha, restoranlar uchun alohida sahifa va tariflar bor: food.olgo.uz. Menyu, filiallar, oshxona bosqichlari va foizsiz oylik to‘lov haqida o‘sha yerda o‘qiysiz.

Viloyatlarga yetkazib bera olamanmi?

Ha. Mijoz viloyatini va BTS, UzPost yoki siz qo‘shgan xizmatni tanlaydi. Buyurtma odatda 3-4 ish kunida yetib boradi.